1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda kreditdan qarzdor fuqaroning mashinasi xatlandi

Uning qidiruvdagi “Lacetti” topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Toshkentda kreditdan qarzdor fuqaroning mashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘lim ish yurituviga, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan, qarzdor fuqaro U.M.dan undiruvchi “A.C.” kredit tashkiloti foydasiga 44 mln 799 ming 505 so‘m undirish, undiruvni kredit taʼminoti sifatida garov mulki bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

 

Qonun talablari asosida qarzdorga qarz summalarini qoplashi uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda qarzdorlik qoplanmagandan so‘ng, qarzdorga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida “Lacetti” topilib jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilib, avtotransport vositasi elektron auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика