1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda narkotik saqlagan shaxs tezkor xodimga 10 ming dollar pora berayotganda qo‘lga tushdi

U shu tariqa aniqlangan vaziyatni imi-jimida yopib yubormoqchi bo‘lgan.

Toshkentda narkotik saqlagan shaxs tezkor xodimga 10 ming dollar pora berayotganda qo‘lga tushdi

Toshkentda “Dolzarb 20 kunlik” tadbirlari boshlanganidan beri 270 ta jinoyat fosh etildi. Bu haqida shahar IIBB maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, 117 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq holatda 4 kilogramm 578 gramm taqiqlangan moddalar, 1000 ta psixotrop dori vositalari aniqlangan.

 

Shuningdek, Shayxontohur tumanida o‘z uyida giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs aniqlangan. Bunda fuqaro jinoyat-qidiruv bo‘limi tezkor xodimiga aniqlangan vaziyat yuzasidan chora ko‘rmaslik uchun 10 ming dollar pora taklif qilgan.

 

Shundan so‘ng, tegishli bildirgi asosida tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro pullarni pora tariqasida bergan vaqtida qo‘lga tushgan.

 

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining pora berishni nazarda tutuvchi moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика