1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada soliq idorasi xodimi 30 ming dollar pora bilan ushlandi

U 48 sotix yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan.

Farg‘onada soliq idorasi xodimi 30 ming dollar pora bilan ushlandi

Farg‘ona viloyatida soliq idorasi xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqida DXX Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Davlat soliq boshqarmasining tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi katta inspektori o‘z ukasiga 2023 yilda Farg‘ona tumani hududidan elektron auksion orqali 30 yil muddatga ijara asosida berilgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 48 sotix yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 000 AQSH dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliq idorasi xodimi ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика