1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatida o'qituvchi o‘quvchining peshonasiga ikki qo‘ydi

Olmaliqda o‘qituvchining o‘quvchilarga nisbatan noo‘rin harakati bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi.

Toshkent viloyatida o'qituvchi o‘quvchining peshonasiga ikki qo‘ydi

Olmaliq shahridagi 7-umumta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchilarga nisbatan noo‘rin xatti-harakat sodir etilgani holati yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

Joriy yil 21-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda o‘qituvchining 3-sinf o‘quvchilarining peshonasiga qizil ruchka bilan 2 qo‘ygani haqida ma’lumot berilgan edi. Mazkur holat bo‘yicha Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, zudlik bilan o‘rganish ishlari olib borildi.

 

Tekshiruv natijasida mazkur xabar tasdiqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchi dars tayyorlamagan o‘quvchilarni jazolash maqsadida bunday harakatni sodir etgan.

 

O‘qituvchining yoshligi, tajribasizligi va qilgan ishidan chin dildan pushaymonligi, shuningdek, tushuntirish xati hisobga olinib, unga “hayfsan” intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика