1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Zoir Mirzayev: Barcha SES rahbarlarini lavozimidan ozod etish kerak

Toshkent viloyati hokimi bog‘chalardagi ommaviy zaharlanish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishni talab qildi.

Zoir Mirzayev: Barcha SES rahbarlarini lavozimidan ozod etish kerak

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev 2 mingga yaqin maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchisining ommaviy zaharlanishi yuzasidan mas’ul shaxslarni lavozimidan ozod etish zarurligini bildirdi.

 

Bu haqda viloyat rahbari 6-oktabr kuni xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida ma’lum qildi.

 

“Hamma darajadagi sanitariya-epidemiologiya nazorati tizimi rahbarlarini ishdan bo‘shatish kerak. Hududiy bo‘limlardan tortib, viloyat boshlig‘igacha — barchasi javobgarlikka tortilishi lozim”, — dedi Zoir Mirzayev.

 

Uning ta’kidlashicha, zaharlanishdan so‘ng zarur dori vositalari o‘z vaqtida yetkazilgani tufayli holat og‘ir oqibatlarga olib kelmagan.

“Xudo saqladi. Agar dori-darmonlar o‘z vaqtida yetkazilmaganida, oqibatlar yanada ayanchli bo‘lishi mumkin edi”, — dedi viloyat hokimi.

 

Mirzayev, shuningdek, mazkur voqea bo‘yicha hozirda 11 nafar shaxs javobgarlikka tortilganini va ularning barchasi hibsga olinganini ma’lum qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, 25-sentabr kuni Toshkent viloyatining bir necha tuman va shaharlari — Bo‘stonliq, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq, Olmaliq, Nurafshon va Bekoboddagi bog‘chalarda 1900 nafardan ortiq bola ommaviy ravishda zaharlangani xabar qilingan edi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariya qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика