FIFA ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilgi Jahon chempionati chiptalarining ilk sotuv bosqichi 10-sentabr kuni boshlanadi va 19-sentabrgacha davom etadi. Bu jarayonda faqat Visa kartalari egalariga AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan mundial uchrashuvlari uchun chiptalarni oldindan xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Sotuvda dinamik narxlash tizimi qo‘llaniladi. Ya’ni chiptalarning qiymati bozor talabi va muxlislar soniga qarab o‘zgarib boradi. Guruh bosqichidagi o‘yinlar uchun chiptalar eng arzon variant bo‘lsa, turnirning chorak final, yarim final va ayniqsa final bosqichlariga yaqinlashgan sari narxlar ancha yuqorilashi kutilmoqda. Dastlabki sotuvda guruh bosqichi o‘yinlari uchun chiptalar 60 dollardan taklif qilinadi.
FIFA chiptalar va mehmondo‘stlik bo‘yicha direktori Falk Ellerning ta’kidlashicha, birinchi bosqichda 1 millionga yaqin chipta sotuvga chiqariladi. U dinamik narxlash jarayoni muxlislarga imkon qadar tezroq xarid qilishni tavsiya etishini qo‘shimcha qildi.
Mutaxassislar fikricha, bu strategiya ko‘pincha aviachipta va mehmonxona xizmatlari narxlarida qo‘llanadi. Shunday ekan, JCh-2026 o‘yinlarini arzonroq narxda tomosha qilishni istagan muxlislar imkoniyatni qo‘ldan boy bermasliklari lozim.


