1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘ynaydi

Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan milliy jamoa Janubiy Amerika grandiga qarshi sinovdan o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, milliy terma jamoa 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 13-oktyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda bo‘lib o‘tadi.

 

Bu o‘yin o‘zbekistonlik futbolchilar uchun Janubiy Amerikada kuchli hisoblangan jamoaga qarshi uchinchi bahs bo‘ladi. Avvalgi ikki uchrashuv — 2018 va 2019 yillarda o‘tkazilgan va ikkala safar ham urugvayliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

 

Yangi belgilangan o‘yin Temur Kapadze shogirdlari uchun 2026-yilda AQSh, Meksika va Kanadada o‘tadigan mundialga tayyorgarlik jarayonida muhim sinov vazifasini o‘taydi.

 

Ma’lumot uchun, Urugvay terma jamoasini hozirda argentinalik mashhur murabbiy Marselo Byelsa boshqaradi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, jamoaning umumiy bozor qiymati 433 million yevroga teng.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика