1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Fizika bo‘yicha Nobel g‘oliblari eʼlon qilindi

Mukofot AQSH va Kanada universiteti olimlariga nasib qildi.

Fizika bo‘yicha Nobel g‘oliblari eʼlon qilindi

2024 yilgi mukofot “sunʼiy neyron tarmoqlari yordamida mashinaviy o‘rganishni taʼminlaydigan fundamental kashfiyotlar va ixtirolar uchun” Jon Hopfild va Jeffri Hintonga berilgan.

 

Laureatlar zamonaviy mashinali o‘qitishning asosi bo‘lgan usullarni ishlab chiqishda fizika vositalaridan foydalangan. Jon Hopfild (AQSHning Prinston universiteti) maʼlumotlardagi tasvirlar hamda boshqa turdagi shablonlarni saqlash va qayta tiklash imkonini beruvchi assotsiativ xotirani yaratgan.

 

Jeffri Hinton (Kanadaning Toronto universiteti) maʼlumotlardagi xususiyatlarni avtonom ravishda topa oladigan va shu tariqa tasvirlardagi maʼlum elementlarni identifikatsiya qilish kabi vazifalarni bajaradigan usulni ixtiro qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика