Fransiya janubida davom etayotgan kuchli o‘rmon yong‘inlari sababli mamlakatdagi eng gavjum aeroportlardan biri — Marsel-Provens aeroporti vaqtincha yopildi. Bu haqda The Independent nashri xabar bergan.
Yong‘inni o‘chirishga 168 nafar o‘t o‘chiruvchi va bir dona maxsus vertolyot safarbar qilingan. Yong‘in aeroport yaqinidagi hududlarga tahdid solayotganligi sababli, xavfsizlik choralari sifatida aeroport faoliyati to‘xtatilgan.
Marsel aeroporti vakillari tushdan beri hech qanday samolyot qatnovi amalga oshirilmaganini tasdiqladi. Hozircha aeroportning qachon ochilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Marsel-Provans aeroporti yo‘lovchi aylanmasi bo‘yicha Fransiyada beshinchi o‘rinni egallaydi va har yili millionlab sayyohlarni qabul qiladi. Mazkur yong‘in hududdagi transport va turizmga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


