Fransiya sobiq prezidenti Fransua Olland prezident saylovlarining ikkinchi turida Emmanuel Makronga ovoz berishga chaqirdi.
“Fikrimcha, ushbu saylovlarda eng muhimi – Fransiya, uning yaxlitligi, uning Yevropadagi kelajagi va uning mustaqilligi. Shuning uchun men fransuzlarni emmanuel Makronga ovoz berishga chaqiraman”, – degan u TF1 telekanali efirida.
Olland 2012-2017 yillarda Fransiya prezidenti bo‘lgan. Makron uning rahbarligi davrida turli lavozimlarda, xususan, iqtisodiyot, moliya va raqamli iqtisod vaziri bo‘lib ishlagan.
Fransiyada prezidentlik saylovining ikkinchi turi 24-aprelda bo‘lib ztadi va unda Makron hamda Marin Le Pen kurash olib boradi.
Avvalroq Makron siyosatdan ketgach, yozuvchi bo‘lishini aytgandi.


