1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ot o‘rnini toy bosar

Katta ehtimol bilan Turkmaniston prezidenti “post”ini o‘g‘liga qoldirmoqchi.

Ot o‘rnini toy bosar


Turkmanistonda joriy yilning 12 mart kuni navbatdan tashqari Prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi.

 

Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z lavozimini yosh rahbarga topshirish niyati borligini maʼlum qildi. Bu haqda “Interfaks” respublika Markaziy saylov komissiyasi vakiliga tayanib xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, xalq kengashining juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 15 yildan beri prezidentlik qilgan Berdimuhammedov o‘z lavozimini yosh rahbarga topshirish niyatida ekanini maʼlum qilgan. Faqatgina Xalq Maslahatiyasi (yuqori palatasi) raisligi lavozimini qoldirgan.

 

Keyinroq u MSKga navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashni topshirdi.

 

Hozirda Turkmaniston hukumatida Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini 2021 yil iyulidan buyon moliya-iqtisodiy kompleksga rahbarlik qilib kelayotgan prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov egallab turibdi.

 

Turkmaniston Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident yetti yil muddatga saylanadi. Navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика