Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14-fevral kuni Turkiyaga tashrif buyurishi mumkin, deb yozadi “RIA Novosti” diplomatik manbaga tayanib.
Shu bilan birga, TASS Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on 14-15 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
"Prezidentning BAAga tashrifi 14—15-fevral kunlariga mo‘ljallangan. Hozircha safar sanasida o‘zgarishlar yo‘q", — deb yozadi manba.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Ukrainga tashrif buyurib, Zelenskiy bilan uchrashgandi.
Nasiba To‘xtayeva


