1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada 6 yoshdan boshlab bolalarga pensiya jamg‘ariladi

Davlat har bir bolaga oyiga 10 yevro miqdorida mablag‘ ajratadi.

Germaniyada 6 yoshdan boshlab bolalarga pensiya jamg‘ariladi

Germaniyada bolalar uchun erta yoshdan pensiyaga jamg‘arish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Yangi “erta pensiya” dasturiga ko‘ra, davlat 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun oyiga 10 yevro miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bermoqda.

 

Loyihaning asosiy maqsadi – bolalarga moliyaviy barqarorlikni erta yoshdan ta’minlash, kelajak avlodlarni pensiya tizimiga tayyorlashdir.

 

Rasmiylar bu tashabbusni aholining moliyaviy kelajagiga bugundan e’tibor qaratayotgan davlat siyosatining yaqqol dalili, deb baholamoqda. Shuningdek, bolalarda moliyaviy savodxonlikni oshirish, jamg‘arma madaniyatini shakllantirish va pensiya siyosatiga zamonaviy yondashuvni kiritish ham ko‘zda tutilgan.

 

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu kabi choralar yoshlarning kelajakda mustaqil va barqaror hayot kechirishiga yordam beradi hamda pensiya tizimidagi muammolarni uzoq muddatli yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.

 

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda Germaniyada pensiya yoshini oshirish va mehnat faoliyatini uzaytirish masalalari ko‘p muhokama qilingan edi. Yangi tashabbus esa, aksincha, pensiya tizimiga erta tayyorgarlik tamoyillarini ilgari suradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика