
Taʼkidlanishicha, bugun, 12 avgust kuni Xalq deputatlari G‘ijduvon tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi o‘zgarishi tashkiliy masala sifatida kiritilgan.
Sessiya davomida G‘ijduvon tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Murodjon Umarov o‘z arizasiga binoan, lavozimidan ozod etilgani aytib o‘tilgan va viloyat hokimi Botir Zaripov tuman hokimligiga ayni vaqtga qadar Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Sherzod Ashurov nomzodini tavsiya qilgan.

Taklif Xalq deputatlari G‘ijduvon tumani Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullangan. Sessiyada Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov G‘ijduvon tumani hokimi etib tasdiqlangan.



