Gruziyada maktab o‘quvchilari va talabalar darslarda qatnashishni rad etib, norozilik namoyishlariga chiqishmoqda.
Baʼzi o‘qituvchilar "Mamlakat kelajagi dars o‘tkazishdan muhimroq", deya o‘quvchi va talabalarni qo‘llab-quvvatladilar.
"Tbilisi Davlat Universiteti talabalari guruhi poytaxt ko‘chalari bo‘ylab o‘tdi. Talabalar universitet rahbariyatini darslarni to‘xtatishga, shuningdek, rektorning isteʼfosini talab qilishga chaqirmoqda", deb yozadi Paper Kartuli.
Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze maktablarni "siyosatdan ajratish"ga chaqirdi va ularda "vatanparvarlik tarbiyasi" yetishmayotganini aytdi.


