Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan viloyat musiqali drama teatrida yong‘in yuz berdi. Bu haqida FVB xabar bermoqda.
Kecha, 5 avgust kuni 18:09 da Guliston shahri “Shodlik” MFY O‘zbekiston shohko‘chasida joylashgan obyektlardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:09 da voqea joyiga yetib borishgan hamda soat 18:12 da qurshab olinib, yong‘in 19:16 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaatlar kelib tushmagan. Hozirda dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


