1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Gulnora Karimovaning Buyuk Britaniyadagi 25 million dollarlik mulki musodara qilindi

Buyuk Britaniya Oliy sudi Firibgarlikka qarshi kurash byurosining O‘zbekiston sobiq prezidenti qizining mol-mulkini xatlash bo‘yicha daʼvosini qanoatlantirdi.

Gulnora Karimovaning Buyuk Britaniyadagi 25 million dollarlik mulki musodara qilindi

 

Yirik firibgarlik byurosi O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimovaning Buyuk Britaniyadagi uchta hashamatli mulkini musodara qildi. Bular ichiga Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, Belgraviyadagi ikkita kvartira va Surreydagi qasr kiradi.

 

Firibgarlikka qarshi kurash byurosi 2018-yil oktabr oyida Karimovaning Britaniyadagi aktivlarini musodara qilish bo‘yicha sudga murojaat qilgan. 8 avgust kuni Buyuk Britaniya Oliy sudi bu daʼvoni qanoatlantirdi. Hibsga olingan mulkning qiymati 20 million funt sterlingdan (25,4 million dollar) ortiqroqqa baholangan.

 

“Biz ushbu obyektlarni nazorat qilish uchun bir nechta offshor hisob va kompaniyalar bilan bog‘langan murakkab moliyaviy sxemani fosh qildik. Bu qaror Buyuk Britaniyadan nopok yo‘l bilan topilgan pullarni yo‘q qilish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir”, — dedi firibgarlikka qarshi kurashish byurosi direktori Liza Osofskiy.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Karimova 2004–2012 yillarda O‘zbekiston bozoriga kirish evaziga telekommunikatsiya kompaniyalaridan yuzlab million dollar pora olgan. 2020 yil mart oyida Toshkent shahar sudi Gulnora Karimovani jinoiy guruh tuzish, firibgarlik va davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblab, 13 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Hozir O‘zbekiston sobiq prezidentining qizi koloniyada jazoni o‘tamoqda.

 

Gulnora Karimova bilan bog‘liq Shveysariya, Fransiya, AQSH va boshqa mamlakatlardagi aktivlarining umumiy miqdori qariyb 1,4 milliard dollarga baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика