1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Haddan oshishni bas qiling” — Sadir Japarov amaldorlarni ogohlantirdi

Qirg‘iziston prezidenti reydlardagi ortiqcha qattiqqo‘llikni tanqid qildi.

“Haddan oshishni bas qiling” — Sadir Japarov amaldorlarni ogohlantirdi

Qirg‘izistonda to‘ylar va ko‘ngilochar maskanlar soat 22:00 gacha ishlashi belgilanganidan so‘ng, tekshiruvchilar tomonidan reydlar o‘tkazildi. Ammo ushbu reydlar davomida amaldorlarning ortiqcha qattiqqo‘llik ko‘rsatgani Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

 

Prezidentning aytishicha, tartib o‘rnatish zarur bo‘lgan joylar aniq — tungi klublar, kech soatlargacha davom etadigan bayramlar va katta ziyofat zallari. Biroq tekshiruvlar vaqtida hatto umumiy ovqatlanish shoxobchalari, KFC kabi fastfud tarmoqlari yopilib, mehmonlar haydab chiqarilgani, tadbirkorlarga qo‘pol munosabatda bo‘lingani va yetarli asos bo‘lmasdan chiroq hamda suv o‘chirilgani kuzatilgan.

 

Japarov amaldorlarni tartibni noto‘g‘ri talqin qilayotganlikda ayblab, Bishkek va O‘sh shaharlaridagi rahbarlarni keskin ogohlantirdi.

 

“Bunday haddan oshishni bas qiling! Elektrni tejashni avvalo davlat muassasalaridan boshlang. Tinch ishlayotgan kichik biznesga tegmang va ularga xalaqit bermang”, — dedi u.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика