1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

«Hali bug‘doy va un narxi tushadi. Bozor "o‘pkasini bosib olishini" kutyapmiz»

Moliya vazirligi depertament mudiri To‘lqin Mirzayev bozorlarda oshgan un narxi yuzasidan munosabat bildirdi.

«Hali bug‘doy va un narxi tushadi. Bozor "o‘pkasini bosib olishini" kutyapmiz»

 

AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida To‘lqin Mirzayev narx oshishining asosiy sababi — Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi siyosiy inqiroz tufayli jahon bozora yuzaga kelgan holat hamda import qilinayotgan un narxi qimmatligi bilan bevosita bog‘liqligini taʼkidladi. Ammo O‘zbekistonda yetarli ravishda un zaxirasi mavjud. Yaqin kunlarda bozorga qo‘shimcha 50 ming tonna mahalliy un kiritiladi. Shu orqali narx barqarorlashadi.

 

«Ha, bozorlarda un narxi ko‘tarilgani haqiqat. Biroq bu — vaqtinchalik holat.

Un narxining erkinlashishi — raqobat muhitini yuzaga keltiradi. Narxlar oshmaydi, faqatgina Toshkent shahrida qolipli non (xalq tilida — buxanka) narxida o‘zgarish bo‘lishini kutyapmiz. Bozorlarda esa, aksincha, narx tushishi prognoz qilinyapti. Qo‘pol qilib aytganda, bozor «o‘pkasini bosib olishini kutyapmiz», — dedi Mirzayev.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика