1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hind filmlariga “soundtrack”lar kuylagan xonanda 92 yoshida vafot etdi

Lata Mangeshkar 1000 ga yaqin filmlar uchun qo’shiq ijro etgan.

Hind filmlariga “soundtrack”lar kuylagan xonanda 92 yoshida vafot etdi

 

Bollivud filmlariga maxsus qo’shiqlar ijro etgan mashhur hind xonandasi Lata Mangishkar 92 yoshida vafot etdi. U kinolarda ko’rinish bermagan bo’lsa-da, kadr ortida samarali ijod qilgan.

 

Lata Mangeshkar 1929-yil 28-sentabrda Hindistonning Indour shahrida tug’ilgan. U 9 yoshidan katta sahnalarda xonanda sifatida tanilgan. 

 

1941 yil Lahor shahrida o’tkazilgan “Art Pictures” kinostudiyasi tanlovida g’olib chiqadi va kinofilmlar uchun qo’shiqlar ijro eta boshlaydi. O’z faoliyati davomida 1000 ga yaqin filmlar uchun soundtracklar kuylagan. “Tojmahal”, “Gang daryosi oqqan mamlakatda”, “Janob 420”, “Sangam” va “Mening ismim masxaraboz” shular jumlasidan.

 

Qo’shiqchi dunyo bo’ylab ijodiy safarlarda bo’lgan. Xususan, 1968-yil O’zbekistonga ham tashrif buyurgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика