1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda avtobus yonib ketib, 20 kishi halok bo‘ldi

Yong‘in tez tarqalgani sababli yo‘lovchilar undan chiqib ketishga ulgurmagan.

Hindistonda avtobus yonib ketib, 20 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Radjastxan shtatidagi Jaysalmer tumanida yo‘lovchi avtobusi yonib ketib, kamida 20 nafar odam halok bo‘ldi. Yana bir necha kishi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa Tayyat qishlog‘i yaqinida, Jaysalmer–Jodxpur yo‘lida ro‘y bergan. Avtobusda jami 50 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘lga chiqqanidan ko‘p o‘tmay transport vositasining orqa qismida tutun chiqqan va bir necha daqiqa ichida butun avtobusni olov qamrab olgan.

 

Guvohlarning aytishicha, yong‘in juda tez tarqalgani sababli ko‘plab yo‘lovchilar chiqib ketishga ulgurmagan. Ayniqsa, orqa qismida o‘tirganlar chiqish eshiklariga yetib bormagan. Shunday qilib, avtobus ichidan 20 dan ziyod shaxsning jasadi topilgan.

 

Tergovchilar hodisaga avtobusning konditsioner tizimidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda. Hukumat o‘lim sabablarini aniqlash va halok bo‘lganlarning shaxsini identifikatsiya qilish uchun DNK tahlillarini boshlagan.

 

Radjastxan bosh vaziri Shugat Singx ushbu fojia munosabati bilan marhumlar oilalariga taʼziya bildirdi hamda avtobuslar xavfsizligini tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzishni buyurdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика