1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda oila uch kunlik chaqaloqni tiriklayin ko‘mishga urindi

Ota davlat xizmatchisi bo‘lgani sababli to‘rtinchi farzandi uchun ishdan bo‘shatish xavfi ostida qolgan.

Hindistonda oila uch kunlik chaqaloqni tiriklayin ko‘mishga urindi

Hindistonning Madhya-Pradesh shtatida oila uch kunlik chaqaloqni tiriklayin ko‘mishga uringan. Bu haqda The Times of India nashri xabar berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqaloqning otasi davlat maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan va amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ikki farzanddan ortiq bolaga ega bo‘lish davlat xizmatchilari uchun cheklangan. To‘rtinchi farzandining tug‘ilishi erkakni ishdan bo‘shatish xavfi ostida qoldirgani sababli u turmush o‘rtog‘i bilan birga chaqaloqni o‘rmonga olib borib, toshlar orasiga yashirgan.

 

Voqea joyidagi fuqarolar chaqaloqning yig‘isini eshitib, tezda uni qutqarib qolishgan. Bola shifoxonaga yetkazilgan, uning ahvoli barqaror ekani bildirilmoqda. Hodisadan so‘ng 38 yoshli erkak va 28 yoshli ayol hibsga olingan. Tergov jarayonida ular avvalgi uchinchi farzandining tug‘ilishini ham rasmiylardan yashirgani aniqlangan.

 

Avvalroq Uttar-Pradesh shtatida ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan edi — 20 kunlik qiz bola tiriklayin ko‘milgan holda topilib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика