1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil va Hamas ertaga Misrda muzokaralarni boshlaydi

Muzokaralarda AQSh vakili Jared Kushnerning ham ishtiroki kutilmoqda.

Isroil va Hamas ertaga Misrda muzokaralarni boshlaydi

Isroil va AQSh delegatsiyalari ishtirokida G‘azo sektoridagi mojaro yechimiga bag‘ishlangan muzokaralar 5-oktabr, yakshanba kuni Misrda boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda Isroilning “12-kanal” telekanali xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Vitkoff allaqachon Qohiraga yetib borgan. Muzokaralarda AQSh tomonidan prezident Donald Trampning kuyovi, G‘azo tinchlik rejasini ishlab chiqqan Jared Kushner ham qatnashishi mumkinligi bildirilmoqda.

 

Mazkur uchrashuv G‘azo sektorida davom etayotgan harbiy harakatlarga barham berish va tinchlik jarayonini tiklash yo‘lida navbatdagi urinish sifatida baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика