AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil hukumati G‘azo sektoridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
Bu haqda Tramp “Truth Social” platformasida bergan bayonotida xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror mintaqada tinchlik jarayoniga zamin yaratadi: “Hamas buni tasdiqlagach, sulh darhol kuchga kiradi, garovga olinganlar va asirlarni almashish boshlanadi. Biz qo‘shinlarni olib chiqishning keyingi bosqichiga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu bizni 3000 yillik fojiani tugatishga yaqinlashtiradi”, — dedi Tramp.
Ma’lum qilinishicha, sulh shartlariga muvofiq, tomonlar o‘zaro ishonchni mustahkamlash va mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha keyingi bosqich muzokaralarini davom ettiradi.


