Xitoyning kompaniyasi Rossiyadagi filiallarini yopmoqda.
Ayni paytda 19 do‘kondan to‘rttasi ishlamay qolgan, do‘konlarning yopilishi yaqin oylarda ham davom etadi, deya xabar bermoqda Rossiya OAV.
2020-yilda Huawei kompaniyasi Rossiya bilan innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha barqaror axborot kommunikatsiya texnologiyalar sohasida hamkorlik olib borishi maʼlum qilingandi. Shuningdek, kompaniya mamlakatda yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlab berishda amaliy yordam ko‘rsatadi, bu haqda Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasidagi prezidenti Deniyel Chjou aytib o‘tgandi.


