Olib borilgan yangi tadqiqotlarga ko‘ra, asosan, qazib olinadigan yoqilg‘ilarning yonishi natijasida yuzaga kelgan havoning mikroskopik ifloslanishi Hindiston poytaxtida aholining umr ko‘rish davomiyligini qariyb 10 yilga qisqartirmoqda.
Mamlakat poytaxti Dehli dunyodagi eng havosi iflos shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.
Chikago universiteti tomonidan e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, zaharli havodan nafas olish o‘pka va yurak bilan bog‘liq jiddiy kasalliklarini keltirib chiqaradi. Dunyo miqyosida havoning ifloslanishi hayotni deyarli ikki yilga qisqartirmoqda.


