1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Media

II “Lazgi” xalqaro raqs festivali ''Gran-pri'' g‘olibi aniq bo‘ldi

Xivada o‘tgan xalqaro festivalining mutlаq g‘olibiga 7 000 dollar pul mukofoti berildi. shuningdek, 3 ta yo'nalish bo'yicha 1-2-3- o‘rinlarni qo‘lga kiritganlar esa 5 000, 3000, 2000 dollar pul mukofoti bilan rag'batlantirildi.

II “Lazgi” xalqaro raqs festivali ''Gran-pri'' g‘olibi aniq bo‘ldi

“Xorazm lazgi raqsi” san’atining asriy an’analarini saqlash va rivojlantirish, raqs san’ati orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik ko‘lamini va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida, 25 — 30-aprel kunlari Xiva shahrida II “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tdi va uning g'oliblari aniqlandi.

Festivalda 21ta xorijiy va O'zbekiston vakillari bilan birgalikda — jami 22 ta davlatdan ishtirokchilar qatnashdi va o'z mahoratlarini namoyon qildi. 3 kun davomida mahalliy va dunyoning qator davlatlaridan tashrif buyurgan raqs san'atining ustalari tomonidan “Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” ,“Eng yaxshi jamoaviy raqs ijrosi”,  “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs ijrosi” yo'nalishlari bo'yicha baholandi. Festivalning so'nggi kunida ishtirokchilar o'z yo'nalishlari bo'yicha e'tirof etilib, eng saralar taqdirlandi. Unga ko'ra, Xorazm viloyati hokimiyatining maxsus esdalik sovg‘alari bilan “Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” O‘zbekiston Davlat filarmoniyasining “Navbahor” ashula va raqs ansambli raqqosasi Fotima Narzullayeva hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi Oksana Davletovalar taqdirlandi.


“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” nominatsiyasida 3-o'rin Braziliyadan tashrif buyurgan Bruna Vicente de Souza;

 

“Eng yaxshi jamoaviy raqs uchun” yo'nalishida 3-o'rin bilan ikki jamoa taqdirlandi: Ispaniyadan tashrif buyurgan raqs jamoasi hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Lazgi” ashula va raqs ansambli;

 

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs” yo'nalishida 3-o'rin bilan Turkiyaning “Inego‘l” xalq raqslari ansambli taqdirlandi.

 

“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” yo'nalishida 2-o'ringa Koreya Respublikasidan Alam Han hamda Koreya Milliy raqs guruhi;

 

“Eng yaxshi jamoaviy raqs ijrosi” uchun 2-o'ringa ikki jamoa: Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi Fayzi Gaskarov nomidagi Davlat akademik xalq raqs ansambli hamda Tojikiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan “LOLA” raqs ansambli;

 

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs ijrosi” uchun 2-o'ringa Qirg‘iziston Respublikasi “Shattik” xalq raqs ansambli munosib ko'rildi.

 

Festival davomida “Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi” uchun 1-o'rinni O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Shodlik” ashula va raqs ansambli balet artisti Islom Haydarov;

 

“Eng yaxshi jamoaviy raqs ijrosi” uchun 1-o'rinni Ozarbayjon davlat filarmoniyasi Davlat raqs ansambli hamda Qozog‘istonning “Kazina” xalq raqs ansambli;

 

“Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs ijrosi” uchun 1-o'rinni esa Rossiya Federatsiyasining Davlat filarmoniyasining “Ogonki” rus raqsi ansambli qo'lga kiritdi.

 

Festivalning eng hayajonli onlarida munosiblarning eng munosiblari aniqlandi. "Gran-Pri" 7000 AQSH dollari uchun O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi munosib ko'rildi. Mukofotni O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Fransiya Xalqaro jahon musiqa va raqs instituti direktori va asoschisi Margaret Dechnaux o'z egalariga topshirdi.

 

Albatta, eng muhimi mukofot va o'rinlar emas, balki dunyo davlatlari o'rtasida san'atdagi do'stlikni mustahkamlash. Shuningdek, asrlar osha o'z jilosini yo'qotmagan o'zbek milliy raqs san'atining dovrug'ini keng yoyish, uni nomoddiy madaniy meros sifatida kelajak avlodga yetkazishdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика