1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanishi mumkin

Hozirda u 400 milliard dollardan ortiq boylikning birinchi egasiga aylandi.

Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanishi mumkin

11 dekabr holatiga ko‘ra, amerikalik tadbirkorning umumiy boyligi Bloomberg Billionaire Index maʼlumotlariga ko‘ra, 447 milliard dollarga baholangan. Dunyoning eng badavlat odamlari reytingida unga eng yaqin raqib esa Amazon asoschisi Jeff Bezos bo‘lib, uning boyligi 249 milliard dollarga yetgan.

 

CNN‘ning aytishicha, Mask SpaceX aksiyalarining insayder savdosi orqali taxminan 20 milliard dollar ishlab olgan. Shu fonda kosmik startapning umumiy bahosi 350 milliard dollarga yetdi.

 

Bundan tashqari, Tesla kotirovkalari yana bir bor rekordini yangiladi. Chorshanba kuni birjalar yopilishida avtomobil ishlab chiqaruvchisining aksiyalari 424 dollarga sotildi, kapitallashuvi esa 1,33 trillion dollarni tashkil etdi.

 

Donald Tramp ikkinchi muddatga AQSH prezidenti etib saylanganidan keyingi muddatda, yaʼni o‘tgan besh hafta ichida esa Tesla aksiyalari 65 foizga qimmatlashdi. Bundan tashqari, Maskning sunʼiy intellekt loyihasi xAI yangi sarmoya raundida 50 milliard dollarga baholandi.

 

Tahlilchilarning fikricha, sarmoyadorlar Maskning Oq uyga yaqinligi va maʼmuriyat qarorlariga muhim sohalarda – masalan, koinotni o‘rganishda taʼsir o‘tkazish qobiliyati tufayli uning aktivlarining yana-da o‘sishiga pul tikishmoqda. Saylovlardan keyin tadbirkorning boyligi 136 milliard dollarga oshgan.

 

Informa Connect Academy tadqiqot guruhi hisobotiga ko‘ra, Ilon Mask 2027 yilga borib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика