Avalroq Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon qamoqda vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ayrim xorijiy manbalar, jumladan, Afg‘oniston OAVlarida uning Adiala qamoqxonasida noma’lum sharoitda halok bo‘lgani aytilgan edi. Ammo bu ma’lumotlar rasmiy idoralar tomonidan rad etildi.
Pokiston hukumati, Adiala qamoqxonasi ma’muriyati va PTI vakillari tarqalgan xabarlarning barchasini “asossiz, tasdiqlanmagan va yolg‘on” deb atadi. Qamoqxona boshqarmasi Imron Xon hayoti xavf ostida emasligini, u muntazam tibbiy nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.
Imron Xon hozir ham Adiala qamoqxonasida saqlanmoqda. U muntazam ravishda shifokorlar ko‘rigidan o‘tmoqda. Uning sog‘lig‘i bo‘yicha jiddiy xavotirga asos yo‘q. Qamoqxona ma’muriyati unga “kuchaytirilgan xavfsizlik” sharoitlarini yaratgan.


