1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Indoneziyada erkak va ayol 100 darraga hukm qilindi

Ular nikohdan tashqari munosabatda bo'lgan.

Indoneziyada erkak va ayol 100 darraga hukm qilindi

Indoneziyaning shariat qonunlari asosida boshqariladigan Aceh provinsiyasida erkak va ayol nikohdan tashqari munosabatda bo‘lgani uchun jamoat oldida 100 darra jazosiga hukm qilindi.

 

Jazo provinsiya poytaxti Banda Aceh shahrida, kam sonli tomoshabinlar ishtirokida jamoat joyida ijro etilgan. Mahalliy hukumat rasmiylari jazo oldidan ayblanuvchilarning sog‘lig‘i tekshirilib, jarayondan so‘ng ularga tibbiy yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

 

Ma’lumot uchun, Aceh — Indoneziyada shariat qonunlari to‘liq amal qiladigan yagona viloyat bo‘lib, bu yerda jinoyat va axloq qoidalariga oid qattiq jazo choralari, jumladan darra urish, keng qo‘llaniladi.

 

Shuningdek, mahalliy hokimiyat vakillari bu kabi jazolarning maqsadi jamiyatda axloqiy tartib-intizomni mustahkamlash va ogohlantiruvchi choralar ko‘rish ekanini ta’kidlab o‘tishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика