1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Indoneziyada sel oqibatida halok bo‘lganlar soni 900 nafardan oshdi

Sumatrada kuchli yog‘ingarchilik va sellar 4,2 mingdan ortiq insonning jabr ko‘rishiga sabab bo‘lmoqda.

Indoneziyada sel oqibatida halok bo‘lganlar soni 900 nafardan oshdi

Indoneziyaning Sumatra orolida sodir bo‘lgan kuchli sel va toshqinlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 908 nafarga yetdi. Bu haqda Indoneziyaning Tabiiy ofatlar boshqaruvi milliy agentligi maʼlum qildi.

 

Avvalroq halok bo‘lganlar soni 850 nafarga yaqin ekani, jabrlanganlar soni esa 2,7 ming kishi atrofida ekani aytilgan edi. Eng katta talafot G‘arbiy Sumatra provinsiyasida kuzatilgan — Agam tumanida 171 kishi halok bo‘lgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, 400 dan ortiq kishi hali ham bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Tabiiy ofatlar natijasida 100 mingdan ziyod uy-joyga zarar yetgan.

 

So‘nggi haftada Indoneziya, Shri-Lanka va Tailand hududlariga kuchli siklonlar kirib kelgan bo‘lib, ular keskin yog‘ingarchilik va ko‘plab yer ko‘chishlariga sabab bo‘ldi. Uch davlat bo‘ylab halok bo‘lganlar soni jami 1,4 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика