Indoneziyaning Sharqiy Kalimantan mintaqasida timsoh ota-ona va qutqaruvchilarga cho‘kib ketgan bolaning jasadini olib keldi.
To‘rt yoshli Muhammad Ziyod Vijaya o‘z uyi yonida yolg‘iz o‘ynab yurgan vaqtida Mahakam daryosida cho‘kib ketgan. Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini olib borishgan, biroq ular bolani topa olishmagan.
Voqea guvohlari tomonidan olingan videoda uning jasadini ulkan timsoh olib kelgan payt aks etgan.
Mahalliy aholi va bolaning oilasi marhumni suvdan olib chiqqan. Shundan so‘ng timsoh daryo o‘zaniga kirib g‘oyib bo‘lgan.


