1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Internetda “jihod”ni targ‘ib qilgan qizlar ushlandi

Ular Suriyadagi qonli janglarga qo‘shilish niyatida o‘zaro fikr almashib, “jihod”, “hijrat” va “shahid” kabi yolg‘on shiorlarni hayotiy maqsad deb bilishgan.

Internetda “jihod”ni targ‘ib qilgan qizlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ijtimoiy tarmoqlarda diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

 

Qayd etilishicha, 2004–2006 yillarda tug‘ilgan bir guruh yoshlar diniy qiziqish niqobi ostida “Telegram” messenjerida kanal yaratib, unda O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan “Iroq va Shom islom davlati” hamda “Turkiston islom harakati” terroristik tashkilotlariga tegishli audio-video materiallar va daʼvatlarni tarqatish bilan shug‘ullanishgan. Shuningdek, ular boshqa yopiq guruhlarda ham targ‘ibot ishlarini olib borishgan.

 

Aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlangan bu yoshlar Suriyadagi qonli janglarga qo‘shilish niyatida o‘zaro fikr almashib, “jihod”, “hijrat” va “shahid” kabi yolg‘on shiorlarni hayotiy maqsad deb bilishgan. Shu bilan birga, ular “Instagram” tarmog‘i orqali ham shaxsiy profillar yaratib, taqiqlangan materiallarni tarqatishgan va yana-da ko‘proq yoshlarni tuzoqqa tushirishga urinishgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика