1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qo‘qonda qalbaki pul savdosi bilan shug‘ullangan 23 yoshli bola qo‘lga olindi

Tezkor tadbir davomida jami 435,5 mln so‘mlik va 120 ming AQSh dollarlik qalbaki kupyuralar musodara qilingan.

Qo‘qonda qalbaki pul savdosi bilan shug‘ullangan 23 yoshli bola qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasining Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2003-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro qalbaki pulni muomalaga kiritish bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan. Tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi bilan hamkorlikda olib borilgan.

 

Tezkor tadbir chog‘ida shaxs 50 million so‘mlik qalbaki kupyurani “shartli xaridor”ga 8 million so‘m haqiqiy pul evaziga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Keyingi qidiruv ishlari davomida uning yashash uyi ham ko‘zdan kechirildi. Natijada 50, 100 va 200 ming so‘mlik jami 315,5 million so‘mlik qalbaki kupyuralar, shuningdek, 100 dollarlik jami 120 ming AQSh dollari miqdoridagi qalbaki pullar topilib, qonuniy tartibda musodara qilindi.

 

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qalbaki pul mablag‘larini yetkazib bergan boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov-tezkor tadbirlar olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика