O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–iyun oylarida ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka oid 48 mingdan ortiq holat qayd etildi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121 foizga oshgan.
Parlament Senatida ushbu masala bo‘yicha Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamovaga rasmiy so‘rov yuborildi. Unda tazyiq va zo‘ravonlikka olib keluvchi asosiy omillarni aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, vakolatli idoralar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda mahallalarda bunday illatlarga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berish so‘raldi.
Statistikaga ko‘ra, eng ko‘p zo‘ravonlik holatlari Toshkent shahrida (9 414 ta), Buxoro viloyatida (5 612 ta), Qashqadaryo viloyatida (5 268 ta) va Andijon viloyatida (4 808 ta) qayd etilgan.


