1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari belgilandi

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish imtihonlari 18–19 avgustda o‘tkaziladi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari belgilandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, talabalar o‘qishini xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 18–19 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Imtihonlar ikki smenada — soat 08:00 dan 11:00 gacha va 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.

 

Testlar 2 ta mutaxassislik fani va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi. Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan — jami 90 ta savol beriladi. Javoblarni ishlash va varaqaga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

 

Ishtirokchilar testga kirish uchun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidan olishi mumkin. Ular imtihon o‘tkaziladigan joyga pasport (yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan, belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishi shart.

 

Avvalroq tasdiqlangan o‘tish ballariga ko‘ra, eng yuqori ball huquq sohasi uchun — 165 ball, eng past ball esa veterinariya yo‘nalishida — 60 ball etib belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика