1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

iPhone 13 lineykasi taqdim etiladigan va savdolar boshlanadigan sana eʼlon qilindi

iPhone 13 lineykasidagi eng ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarish — qosh qismining kichraygani bo‘ladi.

iPhone 13 lineykasi taqdim etiladigan va savdolar boshlanadigan sana eʼlon qilindi

 

 

@LeaksApplePro niki ostidagi taniqli insayder iPhone 13 smartfonlar seriyasiga oldindan buyurtmalar qachondan qabul qilinishi va savdolar qaysi sanadan boshlanishini eʼlon qildi, deb xabar beradi IXBT.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Apple‘ning sentyabr oyidagi tadbiri hozirda 37-haftaga rejalashtirilgan. Odatda Apple taqdimotlarini seshanba kunlari o‘tkazadi va bu safar ushbu kun 14 sentyabrga to‘g‘ri keladi. Oldindan buyurtmalar 17 sentyabrdan, savdolar esa 24 sentyabrdan boshlanishi kerak.

iPhone 13 lineykasidagi eng ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarish — qosh qismining kichraygani bo‘ladi. iPhone X taqdim etilganidan to‘rt yil o‘tib, Apple kompaniyasi frontal kamera komponentlarini kichraytirishga muvaffaq bo‘ldi. Asosiy kamerada uchta datchik joylashadi, ammo modulning o‘zi kattarishi mumkin. Asosiy kamera uchta 12 megapikselli tasvir datchigi va lazerli dalnomerni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, iPhone 13 Pro F/1,5 diafragmali obyektiv va yettita plastik linza bilan jihozlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика