1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot 1 soatlik parvozdan so‘ng orqaga qaytib ketdi

Kabinada nosozlik signalizatsiyasi ishga tushgan.

Istanbuldan Toshkentga uchgan samolyot 1 soatlik parvozdan so‘ng orqaga qaytib ketdi

28-iyul kuni HY272 reysini bajarayotgan, bort raqami UK67003 bo‘lgan havo kemasi Istanbuldan havoga ko‘tarilganidan taxminan 1 soat o‘tib, 350-eshelon balandligida salon va kabina bosimi beqarorligi yuzasidan signalizatsiya tizimi faollashdi.

 

Parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida, havo kemasi komandiri jo‘nash aeroportiga qaytish bo‘yicha qaror qabul qildi. Natijada, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:50 da Istanbul aeroportiga muvaffaqiyatli qo‘ndi.

 

Aviakompaniyaning texnik xizmatlari samolyotni Toshkentdagi texnik baza zaxirasiga qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.

 

HY272 reysi yo‘lovchilari maxsus ajratilgan zaxira havo kemasi orqali Toshkent shahriga yetkaziladi. Kutish davomida yo‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratiladi, jumladan, mehmonxonalarga joylashtiriladi.

 

Chiqaruv reysi HY8272 quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

 

Istanbuldan uchish: 2025-yil 29-iyul, soat 07:30

 

Toshkentga yetib kelish: 2025-yil 29-iyul, soat 13:35

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика