1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda ustaxona qilingan uy yonib ketdi, bir ishchi halok bo‘lgan

Yong‘inga ishchining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.

Andijonda ustaxona qilingan uy yonib ketdi, bir ishchi halok bo‘lgan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Asakada uy yonmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlarga izoh beriladi.

 

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati prokurori topshirig‘iga asosan maxsus ishchi guruh voqea joyiga yetib borib, dastlabki surishtiruv ishlarini olib bordi.

 

Aniqlanishicha, Asaka tumani Nematobod mahallasi, Yangiobod ko‘chasi 42-uy manzilida joylashgan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shahobchasida ishlovchi fuqarolaridan biri — S. ismli shaxsning ehtiyotsizligi oqibatida yong‘in yuzaga kelgan. Afsuski, yong‘in natijasida fuqaro S. hodisa joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

 

Holat yuzasidan olib borilayotgan tergov jarayoni viloyat prokuraturasi tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика