1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Jarayon tafsilotlarini oshkor qilmayman”

Ten Xag Reshfordning yangi shartnomasi haqida fikr bildirdi.

“Jarayon tafsilotlarini oshkor qilmayman”

 

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Markus Reshford bilan shartnoma uzaytirilishi haqida gapirdi.

 

“Nega Reshford bilan yangi shartnoma haligacha imzolanmaganini bilamanmi? Ha, bilaman, lekin jarayonning tafsilotlarini oshkor qilmayman. Yana bir bor takror aytaman, bu men uchun ham, Reshford uchun ham muhim emas. Uning uchun asosiysi bu mavsumda ko‘proq gol urish va u mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. Biz Chempionlar ligasiga yo‘l olishimiz va bor eʼtiborimizni shunga qaratishimiz kerak. Markus qolishni xohlaydi”, - dedi Ten Xak.

 

Eslatib o‘tamiz, Angliya premyer-ligasining joriy mavsumida 25 yoshli Reshford “Manchester Yunayted” safida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика