1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxdagi dovonda 4 ta mashina avariyaga uchradi

Hodisaga yuk mashinasining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Jizzaxdagi dovonda 4 ta mashina avariyaga uchradi

Kecha, 4 sentyabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida to‘rtta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

 

Yo‘lning dovon qismida harakatlanib kelayotgan “Gaz-52” yuk avtomashinasi haydovchisi nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda ushbu yuk avtomashinasi o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Captiva‘ning orqa chap yon tomonidan va Nexia-3‘ning orqa tomonidan urgan. To‘qnashuv oqibatida Nexia-3 o‘zidan oldinda bo‘lgan Spark avtomashinasining orqa qismiga urilgan.

 

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Nexia-3 avtomashinasi yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish va rasmiylashtirish vaqtida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика