1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Komil Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi

U Amerikadagi nufuzli universitetning Markaziy Osiyo dasturi bo‘yicha maxsus maslahatchisi bo‘ldi.

Komil Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi

Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti huzuridagi Yevropa, Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari instituti (IERES) Markaziy Osiyo dasturining maxsus maslahatchisi etib tayinlandi.

 

“IERES huzuridagi Markaziy Osiyo dasturi (CAP) maxsus maslahatchi sifatida janob Komil Allamjonovning tayinlanganini mamnuniyat bilan eʼlon qildi. Janob Allamjonov – o‘zbekistonlik tadbirkor va media sohasi mutaxassisi bo‘lib, ommaviy axborot vositalari, taʼlim va nashriyot sohalarida tajribaga ega”, deyiladi xabarda. 

 

Allamjonov so‘z erkinligini ilgari surish va Markaziy Osiyo haqidagi bilimlarni kengaytirishga hissa qo‘shishdan mamnunligini bildirdi.

 

“Markaziy Osiyo uchun bu hal qiluvchi davr. So‘z erkinligini ilgari surishga sodiq inson sifatida mintaqani yaxshiroq tushunishga va so‘z erkinligining butun dunyo rahbarlari va akademiklari orasida tutgan muhim rolini yoritishga o‘z hissamni qo‘shishdan mamnunman”, degan Allamjonov. 

 

Maʼlumot uchun, 1821 yilda tashkil etilgan Jorj Vashington universiteti AQSH poytaxtida joylashgan nufuzli oliygoh bo‘lib, xalqaro aloqalar va siyosat sohasidagi imkoniyatlari bilan mashhur.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика