1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda Meksika orqali Amerikaga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

U buning uchun har bir fuqarodan 32 ming AQSH dollaridan talab qilgan.

Samarqandda Meksika orqali Amerikaga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Samarqandda Meksika orqali noqonuniy ravishda Amerikaga yuborish holati aniqlandi. Bu haqida DXX Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari Samarqand shahri va Urgut tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirgan holda, ularni Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga har biridan 32 ming AQSH dollaridan, jami 96 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda sayyohlik firma rahbari oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика