Toshkent viloyatining bir qator bog‘chalarida bolalar zaharlanishi bilan bog‘liq holat yuzasidan 7 kishi qamoqqa olindi.
Qamoqqa olinganlarning 2 nafari bolalar zaharlanishiga sabab bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaruvchlari bo‘lsa, qolganlari autsorsing bilan shug‘ullangan kompaniya vakillari.
Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan 25 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 257−1-moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov davom etmoqda.
“Adolat” partiyasi fraksiyasi holat yuzasidan Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovi yuborgan, partiya hodisa sabablarini tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortish zarurligini taʼkidlagan.


