Amerikalik qo‘shiqchi Lady Gaganing Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan konserti 2 milliondan ortiq tomoshabinni to‘plab, ayol ijrochilarning eng yirik yakka chiqishi sifatida tarixga kirdi. Konsert tomoshabinlar uchun bepul tashkil etildi va uning barcha xarajatlarini Braziliya hukumati qoplagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir mahalliy iqtisodiyotga taxminan 100 million dollar foyda keltirgan. Shu bilan birga, Braziliya polisiya xodimlari konsertda terrorchilik harakati oldi olinganini, qo‘lbola portlovchi moslamalar va “Molotov kokteyllari” bilan hujum uyushtirishni rejalashtirgan shaxslar qo‘lga olinganini ma’lum qildi.


