“PSJ” klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi serialda suratga tushdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchi Lotin Amerikasining “Himoyachilar” serialini suratga olishda ishtirok etgan. Hujumchi seriyaning ikkinchi mavsumida kamo rolini o‘ynadi. Ushbu serial 2023-yilda efirga uzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi terma jamoa safida 162 ta o‘yin o‘tkazib, 86 ta gol urgan. Hujumchi o‘z jamoasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.


