Buyuk Britaniya poytaxti Londonda falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchi minglab namoyishchilar Isroil elchixonasi qarshisida yig‘ilib, G‘azoda yuzaga kelgan og‘ir gumanitar inqirozga jamoatchilik e’tiborini qaratdi.
Ishtirokchilar qo‘llaridagi idish-tovoqlarni qattiq qoqib, G‘azoda yuz berayotgan ochlik va qahatchilikka norozilik bildirishdi. Ular Isroilning blokada va hujumlari oqibatida oddiy aholi ochlikdan aziyat chekayotganini ta’kidlashdi.
Namoyish chog‘ida “Falastinga ozodlik” kabi shiorlar yangradi. Aksiya qatnashchilari Isroilning G‘azoni to‘liq nazorat ostiga olish rejalari va tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlik siyosatini qoralashdi.


