1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkmaniston san’atkorlariga Mustaqillik bayramigacha ozish buyurildi

Tashqi ko‘rinishga befarq qaragan san’atkorlarning sahnaga chiqishi cheklanishi mumkinligi aytildi.

Turkmaniston san’atkorlariga Mustaqillik bayramigacha ozish buyurildi

Turkmaniston madaniyat sohasida faoliyat yuritayotgan san’atkor va ijodkorlarga 27-sentyabr — mamlakat Mustaqillik kuni bayramiga tayyorgarlik jarayonida tashqi ko‘rinishga alohida e’tibor qaratish topshirig‘i berildi.

 

Xususan, rasmiy axborotlarga ko‘ra, ijodkorlardan sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ortiqcha vazndan xoli bo‘lish hamda sahnada estetik qiyofani ta’minlash talab qilinmoqda. Madaniyat muassasalari xodimlariga ushbu masalaga befarq qarash qat’iyan man etilib, belgilangan talablarga amal qilmaganlar bayram tadbirlarida ishtirok eta olmasligi mumkinligi ta’kidlangan.

 

Turkmaniston hukumati Mustaqillik bayramini mamlakatdagi eng muhim siyosiy-madaniy voqealardan biri sifatida ko‘rib, uni yuksak darajada tashkil etishga intilmoqda. Shu maqsadda so‘nggi yillarda san’atkorlar chiqishlari, madaniy dasturlar hamda umumiy tashkiliy jarayonlar uchun qat’iy mezonlar belgilab kelinmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика