1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

MakGregor: “Zelenskiy Ukrainadan qochishi mumkin”

Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas MakGregor Zelenskiy Ukrainani tark etishga tayyorlanayotgani haqida da’vo qildi.

MakGregor: “Zelenskiy Ukrainadan qochishi mumkin”

 

AQSh Mudofaa vazirligining sobiq maslahatchisi Duglas MakGregor Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatni tark etishga tayyorlanayotgani haqida da’vo bildirdi. Bu haqda u “Deep Dive” YouTube kanalidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

 

MakGegorning ta’kidlashicha, Zelenskiy istalgan vaqtda Ukrainani tark etishi ehtimoli mavjud. Uning fikricha, Prezident Polshaga uchib ketishi mumkin.

 

Shuningdek, sobiq maslahatchi Zelenskiy mamlakatda qolib, amalga oshirilgan siyosiy qarorlar yuzasidan javob berishi kerakligini bildirdi.

 

Mazkur bayonot fonida Kiyev siyosiy doiralarida Zelenskiyning kelgusi siyosiy taqdiri va G‘arb davlatlarining unga bo‘lgan ishonchi borasidagi bahs-munozaralar kuchaygani qayd etilmoqda. Siyosiy tahlilchilarga ko‘ra, bunday da’volar Ukraina ichki siyosiy jarayonlarida muhim muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика