1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Makronning rafiqasi kinoda suratga tushmoqda

U o‘zining sevimli serialida rol ijro qilmoqchi.

Makronning rafiqasi kinoda suratga tushmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Netflix kompaniyasi tomonidan suratga olinayotgan "Emili Parijda" filmida suratga tushadi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 70 yoshli Brijit Makron 2 aprel kuni syomka maydonchasida bosh rol o‘ynaydigan aktrisa Lili Kollinz bilan ko‘rinish bergan. U "Emili Parijda" serialining to‘rtinchi mavsumida rol ijro etishi aytilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, filmning uchinchi mavsumi Netflix platformasida 2022 yil 21 dekabrda chiqarilgandi. Uning to‘rtinchi mavsumini suratga olish Fransiya poytaxtida yoz oxiri yoki kuzning boshida boshlanishi rejalashtirilgan edi, biroq Amerika Yozuvchilar uyushmasi aʼzolarining ish tashlashi tufayli kamida ikki oyga kechiktirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика